Dunyoda yana bir virus xuruji. JSST hozirgi vaziyat boʻyicha maʼlumot berdi

03:40 24 May 2022 Dunyo
1090 0

Illyustrativ foto

Bir qancha mamlakatlarda avj olgan maymunchechak virusi yaqinda mutatsiyaga uchramagan. Afrikadan tashqarida 16 mamlakatda infeksiyalar soni oʻrtacha surʼatda oʻsib bormoqda. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan maʼlum qilindi.

Virusning yangi variantlari hali yoʻq

"JSST mutaxassislari hozirda maymunchechak virusi mutatsiyaga uchraganiga oid hech qanday dalilga ega emas", dedi tashkilot boʻlim rahbari Rosamund Lyuis.

Uning soʻzlariga koʻra, maymunchechak virusi nisbatan past mutatsiya darajasiga ega. Ammo JSST hozirgi avj olish sabablarini tushunish maqsadida genomlar ketma-ketligi ustida ishlamoqda.

Oʻz navbatida, JSST butun dunyo klinikalari dermatolog va venerologlaridan maymunchechakning mumkin boʻlgan alomatlariga eʼtibor berishni soʻramoqda.

JSST eksperti, “COVID-19” pandemiyasiga qarshi kurash dasturining texnik direktori Mariya fon Kerkxovening soʻzlariga koʻra, hozirgi epidemiya, Yevropa uchun jiddiy xavf tugʻdirmaydi.

"Bu nazorat ostidagi vaziyat. Lekin biz Afrikada, bu kasallik endemik boʻlgan mamlakatlarda vaziyatning oʻz yoʻnalishi boʻyicha ketishiga yoʻl qoʻya olmaymiz", dedi u.

JSST shuningdek, yuqtirganlarning katta qismi gomoseksuallar va biseksuallar ekanligini taʼkidladi.

Dushanba kuni Afrikadan tashqarida maymunchechak kasalligi haqida xabar bergan mamlakatlar soni 36 taga yetdi. Jumladan Ispaniya, Portugaliya, AQSH, Avstraliya, Shotlandiya va Daniya roʻyxatni toʻldirdi. Dunyoda 100 ga yaqin infeksiya holati qayd etilgan. 

Dushanba kuni Angliyada 36 ta yangi infeksiya holatlari aniqlandi. Butun Buyuk Britaniyada infeksiyalar soni 57 taga etdi. Chelsi shahridagi jinsiy salomatlik klinikasining 10 ga yaqin xodimi virus tashuvchisi bilan aloqa qilgan va izolyatsiyaga olingan.

Kasalliklarning oldini olish boʻyicha Yevropa markazi direktori Andrea Ammon milliy hukumatlarni chechakka qarshi vaksinalarning gʻamlab qoʻyishga chaqirmoqda. Chunki u maymunchechakka qarshi samarali hisoblanadi.

Shuningdek, u mamlakatlarni kontaktlarni aniqlash va kasallikni tashxis usullarini almashishga chaqirdi. Infeksiya yuqtirganlar esa zudlik bilan izolyatsiya qilinishi kerak.

"Umumiy aholi uchun ushbu infeniksiyani yuqtirish xavfi juda past. Biroq, virusni yaqin aloqa orqali, masalan, jinsiy aloqa orqali, ayniqsa, bir nechta sheriklari boʻlgan odamlar orasida tarqalish ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda", dedi Ammon.

Maymun chechakka qarshi maxsus vaksina yoʻq

Mazkur virus odamdan odamga osonlikcha yuqmaydi. Buyuk Britaniya sogʻliqni saqlash xizmati maʼlumotlariga koʻra, kasallik odatda yengil boʻlib, aksariyat odamlar bir necha hafta ichida tuzalib ketishadi.

Maymunchechakka qarshi maxsus vaksina mavjud boʻlmasada, bir qancha mamlakatlarda chechakka qarshi vaksina mavjud boʻlib, ular infeksiyani oldini olishda taxminan 85 foiz samaraliligi isbotlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?