Dunyoda maymun chechagini yuqtirganlar soni 85 ming nafardan oshdi — JSST

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, 2022-yil boshidan shu kungacha 110 ta mamlakatda yashovchi 85,5 ming kishida mpox (maymun chechagi) virusi qayd etildi. Ulardan 89 nafari xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
Tahlillarga koʻra, shu yil yanvar oyining birinchi yarmida 716 ta yangi kasallanish holati va 9 ta oʻlim koʻrsatkichi aniqlangan. 23-29-yanvar oraligʻida esa bemorlar soni 403 nafarga ortgan va bu undan avvalgi haftaga nisbatan 109 ta koʻp koʻrsatkichdir.
Jumladan, mazkur davrda 13 ta mamlakatda oʻsish dinamikasi kuzatilgan. Ular orasida Meksika yetakchilik qildi.
Umuman, 2022-yil boshidan eng koʻp bemorlar aniqlangan davlatlar:
AQSH — 29 891,
Braziliya — 10 739,
Ispaniya — 7 518,
Fransiya — 4 128,
Kolumbiya — 4 066,
Meksika — 3 768,
Buyuk Britaniya — 3 735,
Peru — 3 723,
Germaniya — 3 692,
Kanada — 1 460 nafar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring