Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar 4 million nafardan oshdi

11:20 19 Iyul 2021 Dunyo
466 0

Jons Xopkins universitetining maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 190 million 426 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 089 ming nafardan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

  • AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda 34,079 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
  • Ikkinchi oʻrinda Hindiston (31,144 milliondan ortiq),
  • uchinchi oʻrinda Braziliya (19,376 milliondan ortiq),
  • toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,929 milliondan ortiq),
  • beshinchi oʻrinda esa Rossiya (5,884 milliondan ortiq).

Dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 621 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?