Dunyoda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari qariyb 1 foizga oshdi — JSST

15:13 20 Yanvar 2023 Dunyo
589 0

Oʻtgan haftada Yer yuzi boʻyicha 2,7 milliondan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ulardan 13 ming nafarga yaqini kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tahliliga koʻra, 9-15-yanvar sanalarida xastalanish koʻrsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 9 foizga kamaydi, oʻlim holatlari esa aksincha qariyb 1 foizga oshdi.

Tashxislar sonining sezilarli pasayish dinamikasi asosan Afrika (-40 foiz), Yevropa (-35 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyo (-17 foiz) mamlakatlarida kuzatildi.

Oʻlim koʻrsatkichlari esa Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasida 43 foiz, Janubiy va Shimoliy Amerikada 10 foiz hamda Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida 9 foizga oʻsdi.

Oʻtgan haftada eng koʻp bemorlar aniqlangan mamlakatlar:

— Yaponiya — 1 million,

— AQSH — 416 ming ,

— Janubiy Koreya — 286 ming,

— Avstraliya — 191 ming,

— Xitoy — 190 ming.

Eng koʻp oʻlim holatlari qayd etilgan davlatlar:

— AQSH — 3922,

— Yaponiya — 2849,

— Xitoy — 802,

— Avstraliya — 742,

— Fransiya — 520.

Eslatib oʻtamiz, mutaxassislar dunyoda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari hamon yuqoriligi bois barcha aholi qatlamiga toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishni tavsiya etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?