Dunyoda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari 62 foizga kamaydi — JSST

10:34 23 Fevral 2023 Dunyo
388 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisobotiga koʻra, joriy yil 23-yanvardan 19-fevralgacha dunyoda 5,28 million nafardan ziyod kishiga koronavirus tashxisi qoʻyilib, ulardan qariyb 48,7 ming nafari hayotdan koʻz yumgan.

Tahlillar soʻnggi toʻrt hafta ichida Yer yuzida SOVID-19 ga chalinish holatlari avvalgi 28 kunga nisbatan 89 foiz, oʻlim koʻrsatkichlari esa 62 foizga kamayganini tasdiqlaydi.

Bu davrda eng koʻp bemorlar roʻyxatga olingan mamlakatlar:

— AQSH — 1,1 million,

— Yaponiya — 1 million,

— Xitoy — 635 ming,

— Janubiy Koreya — 430 ming,

— Germaniya — 329 ming nafar.

Eng koʻp oʻlim holatlari qayd etilgan davlatlar:

— AQSH — 13517,

— Xitoy — 9945,

— Yaponiya — 6536,

— Avstraliya — 2179,

— Buyuk Britaniya — 2063 nafar.

JSST mutaxassislarining taʼkidlashicha, kelgusida SOVID-19 pandemiyasining yangi toʻlqini avj olmasligi uchun dunyo aholisi, ayniqsa xavf guruhiga mansub qatlam toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishlari zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?