Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 193 milliondan oshdi

20:14 24 Iyul 2021 Dunyo
388 0

Dunyo boʻyicha COVID-19 ga chalingan bemorlar soni 193 165 622 kishini tashkil qildi, deb xabar berdi Amerikaning Jons Xopkins universiteti. Koronavirus tarqalishi boshlanganidan buyon COVID-19 qurbonlari soni 4 143 105 kishiga yetdi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari virus yuqtirganlar va vafot etganlar soni boʻyicha dunyoda yetakchi boʻlib qolmoqda. Mamlakatda virus yuqtirganlarning umumiy soni 34 400 655 nafarni tashkil qilgan boʻlsa, vafot etganlar soni 610 720 nafarga yetdi. Deyarli 29,5 million kishi kasallikdan davo topgan.

Hindiston koronavirus yuqtirganlar soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda boʻlib, mamlakatda tasdiqlangan COVID-19 bemorlari soni 31 332 159 nafarga yetdi. Virus yuqishi oqibatida oʻlganlarning umumiy soni 420 043 nafarni tashkil etdi va 30,5 million kishi kasallikdan sogʻaydi.

Koronavirus yuqtirganlar soni boʻyicha Braziliya dunyoda uchinchi oʻrinda bormoqda, mamlakatda pandemiya paytida infeksiya yuqishi bilan bogʻliq 19 632 433 holat qayd etilgan, 548 430 kishi vafot etgan va 18,3 milliondan ortiq bemor kasallikdan davo topgan.

“Worldometer” portalining maʼlumotlariga koʻra, shanba kuni ertalab dunyo aholisining 1 millioniga 533,7 oʻlim holati toʻgʻri keldi. Qoʻshma Shtatlarda ushbu koʻrsatkich 1 million aholiga 1882 kishi, Hindistonda — 301, Braziliyada — 2561 kishi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?