Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 110 million nafardan oshdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 110 million 384 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 446 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 381 841 yangi holati aniqlandi, 10 715 nafar bemor vafot yetdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 111 million 073 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 460 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 27,628 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,977 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (10,030 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (4,151 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (4,095 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 68 191, Hindistonda 13 993, Braziliyada 51 879, Rossiyada 12 953, Buyuk Britaniyada esa 12 027 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring