Dunyoda koronavirus. Trampning karantindan chiqish rejasi va boshqa yangiliklar

11:06 18 Aprel 2020 Dunyo
688 0

- 18-aprel tongidagi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 2,22 milliondan oshdi, 151 ming bemor vafot etdi, 565,9 mingdan ziyodi tuzaldi;

- Chili koronavirusdan tuzalganlarga “immunitet kartasi”ni beradigan dunyodagi birinchi davlatga aylanadi. Ushbu jarayonlar kelayotgan hafta dushanbadan yoʻlga qoʻyiladi. Bu karta egalarini karantindan ozod etib, ish joylariga qaytishlari uchun ruxsat beradi. Hukumat karta test orqali bemor tuzalgani tasdiqlangandan soʻng berilishi va uning egalari atrofidagilari uchun xavfsiz boʻlishiga ishontirmoqda;

- Donald Tramp mamlakatni karantindan bosqichma-bosqich chiqarish boʻyicha rejasini taqdim etdi. Birinchi navbatda bunday cheklovlar hafta davomida koronavirusga chalinish bilan bogʻliq yangi holat qayd etilmagan uchta mintaqada olib tashlanadi. Rejaning oʻzi uch qadamdan iborat: birinchi qadam barlar va restoranlar, ikkinchi qadamda maktablar va OTMlar(+biroq ularga fuqarolarning borishi shartligi tartibi oʻrnatilmaydi), uchinchi qadamda barcha muassasalar ochiladi;

- Buyuk Britaniya hukumati favqulodda vaziyat boʻyicha oʻtkazgan majlisidan soʻng mamlakatda karantin yana uch haftaga choʻzilishi maʼlum qilindi. Bu bemorlar soni keskin koʻpayib ketgani bilan bogʻliq;
 

- Shvetsiya bosh epidemiologi Andres Tegnell koronavirus hech qachon yoʻqolib ketmasligi, balki mavsumiy gripp kabi har yillik epidemiyaga sababchi boʻlishini maʼlum qildi;

- Yaponiya hukumati mamlakatning har bir fuqarosiga inqiroz paytida qoʻllab-quvvatlash sifatida 100 ming yen(qariyb 927 dollar) berishga qaror qildi. Mamlakatda uni toʻlash dasturi ishlab chiqilyapti. Bu jarayonni iloji boricha tezroq boshlashmoqchi;
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?