Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 194 million nafardan oshdi

11:11 26 Iyul 2021 Dunyo
286 0

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 194 million 123 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 158 ming nafardan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

  • AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda 34,443 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
  • Ikkinchi oʻrinda Hindiston (31,371 milliondan ortiq),
  • uchinchi oʻrinda Braziliya (19,688 milliondan ortiq),
  • toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (6,056 milliondan ortiq),
  • beshinchi oʻrinda esa Rossiya (6,049 milliondan ortiq).

Dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 845 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?