Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 186 million nafardan ortiqni tashkil qilmoqda

11:46 12 Iyul 2021 Dunyo
299 0

Jons Xopkins universitetining hozirgi (12.07.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 186 million 800 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 031 ming nafardan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda 33,853 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (30,874 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (19,089 milliondan ortiq),

toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,874 milliondan ortiq),

beshinchi oʻrinda esa Rossiya (5,713 milliondan ortiq).

Dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 436 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?