Dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat qanday?

12:32 01 Aprel 2021 Dunyo
519 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 127 million 877 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 796 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 509 746 yangi holati aniqlandi, 8 855 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 128 million 913 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 816 ming nafardan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 30,030 million nafardan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Braziliya (12,573 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Hindiston (12,149 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (4,545 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Fransiya (4,510 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 61 620, Braziliyada 38 927, Hindistonda 53 480, Rossiyada 8 275, Fransiyada esa 29 575 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?