Dunyoda koronavirus. AQSH tarixida ilk bor ommmaviy ofat eʼlon qilindi va boshqa eng soʻnggi yangiliklar

12:20 12 Aprel 2020 Dunyo
699 0

— 12-aprel tongida Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 1 776 157 nafarga yetgan, 108 862 kishi vafot etgan, 402 903 kishi sogʻaygan.

Yevropada:

— Niderlandiyada “tojdor virus” bilan kasallanganlar soni 24 mingdan oshib ketdi, 2643 kishi hayotdan koʻz yumdi;

— Fransiyada epidemiya sabab joriy etilgan rejim tufayli mamlakat fuqarolarining 8 mln. nafari ishsiz qolgan. Ushbu haftada qariyb 3 mln. kishi ishsizlik nafaqasini soʻrab hukumatga murojaat etgan.

— Ispaniyada bir sutkada 510 kishi koronavirusdan vafot etgan. Bu 23-martdan buyon kuzatilgan eng past koʻrsatkichdir. Hayotdan koʻz yumganlarning jami 16 606 nafarga yetgan. Mamlakatda virusga chalinganlar 163 027 kishiga yetgan, 59 109 kishi tuzalgan.

— Italiyada COVID-19 oqibatida 19 468 kishi halok boʻldi, Infeksiyaga 152 271 odam yoʻliqqan, 32 534 inson sogʻaygan.

AQSHda:

— AQSH pandemiya qurbonlari boʻyicha Italiyani ortda qoldirib ketdi. U yerda vafot etganlar soni 19 mingdan oshdi. Mamlakatda 500 mingdan ziyod inson virusni yuqtirib olgan.

— Donald Tramp AQSH tarixida birinchi bor 50 ta shtatda ommaviy ofat eʼlon qildi.

Osiyoda:

— Xitoy tibbiyot sugʻurtasi boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, mamlakatda koronavirusdan davolanish narxi 3 ming dollar, ogʻir bemorlar uchun esa 21 ming dollarni tashkil etadi. XXRda koronavirusni yuqtirib olish bilan bogʻliq holatlar 83 mingdan oshadi, 3,3 ming kishi vafot etgan, 77,5 ming inson tuzalib ketgan.

— Hindiston qatʼiy izolyatsiya tartibini uzaytirdi. OAV xabariga koʻra, u oy oxiriga qadar choʻziladi. Hindistonda 8447 kishi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan boʻlsa, buning oqibatida 288 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Afrikada:

— Qitʼada COVID-19ga chalinganlar 12,7 ming nafardan oshgan. Infeksiyani yuqtirganlarning eng koʻpi JARda roʻyxatga olingan — 2 ming nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?