Dunyoda koronavirus. AQSH Rossiyaga PSR apparatlarini berishga tayyor va boshqa yangiliklar

12:46 16 Aprel 2020 Dunyo
546 0

- Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda infeksiyaga chalinganlarning umumiy soni 2 064 815 nafarga yetdi, 137 078 ming bemor vafot etdi, 512 092 nafari sogʻaydi;

- JSST bosh direktori koronavirusga qarshi uchta vaksina klinik sinovlardan oʻtkazilayotgani, yana 70 tasi ishlab chiqish jarayonida ekanligini maʼlum qildi;

— Jahon banki koronavirus pandemiyasi munosabati bilan 200 milliard dollar yoʻnaltiradi;

- Kanadada koronavirusni yuqtirganlar 28,3 mingdan oshib ketdi, mingdan ortiq kishi vafot etgan;

- Janubiy Koreyada pandemiyaga qaramay parlament saylovlari boʻlib oʻtdi. Mamlakatda 10,5 mingda ziyod odam virusga chalingan;

- AQSHda bir sutkada 2500 nafarga yaqin bemor hayotdan koʻz yumdi, bu nafaqat ushbu davlat, balki butun dunyodagi antirekorddir. Mamlakatda hammasi boʻlib 638 ming kishi virus infeksiyasiga chalingan, 30 mingdan ziyod inson vafot etgan;

- Donald Tramp mamlakatda koronavirus epidemiyasi choʻqqisi ortda qoldirilganini maʼlum qildi va PSR apparatlarini Rossiyaga berishga tayyor ekanligini bildiradi. U yaqin kunlar ichida bunday texnik vositalar yana-da koʻp boʻlishini qoʻshimcha qilgan;

- Fransiyaning Charles de Gaulle avianosetsi va uni kuzatib kelgan Chevalier Paul kemasida virusni yuqtirish bilan bogʻliq 700 ta holat aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?