Dunyoda ilk bor robot-jarroh tomonidan oʻpka transplantatsiyasi amalga oshirildi
Ispaniyaning Barselona shahridagi Vall dʻHebron shifoxonasida 65 yoshli bemorga robot-jarroh tomonidan oʻpka koʻchirib oʻtkazildi.
Operatsiya chogʻida yangi usul qoʻllanildi. Yaʼni shikastlangan oʻpka koʻkrak qafasini ochmasdan, bemorning toʻsh suyagi ostidagi kichik kesma orqali olib tashlanib, oʻrniga yangisi oʻrnatildi.
Maʼlum boʻlishicha, faqat kichik kesma hosil qilish jarayoni shifokor qoʻli bilan bajarilgan. Qolgan barcha yumushlar Da Vinchi nomli robotning “toʻrtta mohir qoʻli” yordamida uddalandi.
Mutaxassislar ushbu yangi jarrohlik texnologiyasi nisbatan xavfsiz va kaminvaziv boʻlib, kelgusida minglab bemorlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi, degan xulosada.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring