Dunyoda ilk bor gorillalarda koronavirus aniqlandi

Foto: Depositphotos
AQSHning San-Diyego hayvonot bogʻi dunyoda boʻyicha ilk bor gorillalarda "Covid-19" aniqlanganligini maʼlum qilindi qildi.
"San-Diyego hayvonot bogʻida yashovchi gorillalarda oʻtkazilgan test-sinovi ularda ”Covid-19"ni keltirib chiqaruvchi ”SARS-CoV-2“ virusi borligini koʻrsatdi. 6-yanvar kuni ikkita gorilla yoʻtalishni boshladi. 11-yanvar kuni esa AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligining Milliy veterinariya xizmati laboratoriyasi test-sinovlarining ijobiy natijasini tasdiqladi", deyiladi hayvonot bogʻi saytida berilgan maʼlumotda.
Taxmin qilinishicha, hayvonlar xastalikni “Covid-19” bilan zararlangan, ammo simptomplari kuzatilmagan bogʻ xodimidan yuqtirib olgan boʻlishi mumkin.
Oldinroq Yevropaning ayrim mamlakatlarida koronavirus qorakoʻzanlar orasida keng tarqalganligi maʼlum boʻlgan edi.
Oʻtgan yili Barselona hayvonot bogʻida sherlarda, AQSHda qor qoplonlari virus bilan zararlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari ilgari itlar va mushuklarning koronavirus bilan kasallanish holatlarini tasdiqlashgan, ammo bunday holatlar juda kam uchrashini taʼkidlangan edilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring