Dunyoda har ming kishidan 72 nafari endoprotezlash amaliyotiga muhtoj — SSV

11:59 05 Mart 2022 Jamiyat
704 0

Foto: SSV (arxiv surat)

Tahlillarga koʻra, bugun dunyoda har ming kishidan 72 nafari endoprotezlash amaliyotiga muhtoj. Qolaversa, turli omillarga koʻra, tizza va chanoq-son boʻgʻimlari xastaliklari tobora yasharib bormoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida shunday murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli oʻtkazilyapti. 

Eʼtiborli jihati, bu jarayonda invaziv jarrohlik, yaʼni tana va boʻgʻimlarga ortiqcha tigʻ tekkizmasdan, mitti kamerali maxsus uskuna yordamida bajariladigan ilgʻor amaliyot usullari qoʻllanilyapti.

Bundan tashqari, muassasada umurtqa endoskopik xirurgiyasi, bolalarda koʻkrak qafasi deformatsiyalari, skolioz, suyak va boʻgʻimlarning tugʻma anomaliyalarini operativ davolash singari yoʻnalishlarda ham yangi standartlar amaliyotga tatbiq etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?