Dunyoda “COVID-19” bilan kasallanish bir necha oylik pasayishdan keyin yana oʻsib bormoqda

15:52 30 Iyun 2022 Dunyo
520 0

Foto: Getty Images

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) haftalik epidemiologik byulleteniga koʻra, soʻnggi bir hafta ichida dunyoda koronavirus bilan kasallanish 18 foizga oshgan.

Xususan, 20 — 26-iyun kunlarida koronavirus bilan kasallanish Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasida 47 foizga, Yevropada 33 foizga, Janubi-Sharqiy Osiyoda 32 foizga va Amerikada 14 foizga ortgan. Shu bilan birga, Afrika va Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasida kasallanish darajasi mos ravishda 39 va 3 foizga kamaygan.

Koronavirus bilan bogʻliq oʻlim holatlari Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasida 22, Janubi-Sharqiy Osiyoda 15 va Amerikada 11 foizga oshgan. Oʻlim darajasi Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasida 6, Yevropada 5 va Afrikada 1 foizga kamaygan. Umuman olganda, butun dunyo boʻylab bir hafta ichida “COVID-19” infeksiyasi tufayli 8,5 mingga yaqin oʻlim qayd etildi

Butun pandemiya davrida esa dunyoda 541 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi aniqlangan va kasallik asoratlaridan 6,3 milliondan ortiq oʻlim holatlari qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?