Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar 91,5 million nafardan oshdi

11:46 13 Yanvar 2021 Dunyo
163 0

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 91,5 million nafardan ortiqni tashkil etmoqda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 89 million 707 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 940 mingdan ziyod kishi vafot etgan (12.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 17:40 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 566 186 yangi holati aniqlandi, 9 371 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (13.01.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 91 million 594 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 962 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 22,229 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,479 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (8,105 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,448 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,118 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 220 528, Hindistonda 12 584, Braziliyada 29 792, Rossiyada 22 934, Buyuk Britaniyada esa 46 169 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?