Dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi qoʻllanilgan vaksinalar 3,7 milliard dozadan oshdi

21:19 23 Iyul 2021 Dunyo
475 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 191 million 773 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 127 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 512 231 yangi holati aniqlandi. 8 644 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 192 million 694 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 138 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,875 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

  • Ikkinchi oʻrinda Hindiston (31,257 milliondan ortiq),
  • uchinchi oʻrinda Braziliya (19,419 milliondan ortiq),
  • toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (6,054 milliondan ortiq),
  • beshinchi oʻrinda esa Fransiya (5,791 milliondan ortiq).


JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 46 507, Hindistonda 41 383, Braziliyada 27 592, Rossiyada 24 471, Fransiyada 21 387 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 771 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?