Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 5,7 milliarddan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan — Jons Xopkins universiteti

10:19 15 Sentyabr 2021 Dunyo
381 0

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 
224 million 511 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 627 mingdan ziyod kishi vafot etgan (13.09.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 17:36 holatiga ko‘ra). 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 330 815 yangi holati aniqlandi.
6 335 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (14.09.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 07:21 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 225 million 244 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 639 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 40,675 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. 
Ikkinchi o‘rinda Hindiston (33,264 milliondan ortiq), 
uchinchi o‘rinda Braziliya (20,989 milliondan ortiq),
to‘rtinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (7,226 milliondan ortiq),
beshinchi o‘rinda esa Rossiya (7,158 milliondan ortiq).
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 5 milliard 719 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?