Dunyo boʻyicha koronavirusdan vafot etganlar soni 4 million 510 mingdan oshdi

14:21 31 Avgust 2021 Dunyo
398 0

Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, ayni paytgacha dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 5 milliard 245 million dozadan ortiq vaksina qoʻllanildi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (31.08.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 12:03 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 217 million 121 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 510 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 39,057 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (32,768 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (20,752 milliondan ortiq),

toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (6,834 milliondan ortiq),

beshinchi oʻrinda esa Rossiya (6,803 milliondan ortiq).

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 5 milliard 245 million dozadan ortiq vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?