DTM milliy sertifikat boʻyicha savollar tarqab ketganiga izoh berdi

18:12 21 Iyul 2021 Jamiyat
588 0

2021-yil 9-10-iyun kunlari kimyo, matematika, biologiya hamda ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari oʻtkazilgan edi.

Mazkur imtihonlar oʻtkazilishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda biologiya fanidan test savollari chiqib ketganligi, turli oʻquv markazlari tomonidan test savollari maʼlum miqdor evaziga sotilganligi toʻgʻrisida turli fikrlar bildirilganligi sababli Davlat test markazi murojaatiga asosan mazkur holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻrganilmoqda.

DTMning maʼlum qilishicha, shu sababli biologiya fanidan test natijalari huquqni muhofaza qilish oʻrganlari tomonidan tegishli oʻrganish ishlari yakunlangandan soʻng, ularning xulosasi asosida eʼlon qilinadi.

Bunda, milliy sertifikat natijalari oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish jarayoni yakunlangandan soʻng eʼlon qilingan taqdirda ham, biologiya fanidan sertifikatga ega boʻlgan va oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga sertifikatdan foydalanishni tasdiqlash imkoniyati beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?