“Doʻrmon”liklar nimadan xursand?

15:09 23 Fevral 2021 Jamiyat
174 0

Qorakoʻl tumanidagi qadimiy goʻshalardan biri sanalgan Doʻrmon mahalla fuqarolar yigʻini hududida maktabgacha taʼlim muassasasining zamonaviy binosi qurilib foydalanishga topshirildi.

Avvalgi bino moslashtirilgan holda bundan 45 yil muqaddam qurilgani, shu kun talabiga javob bermay qolgani inobatga olinsa, mahalla ahlining xursandchiligini tushunish mumkin.

— Shunday shinam, koʻrkam maktabgacha taʼlim muassasasi binosi qurilishini koʻp yildan buyon orzu qilardik, — deydi mehnat faxriysi Zulfiya Salimova. — Niyatlarimiz roʻyobga chiqdi.Nevaralarimiz shahardagidan qolishmaydigan shart- sharoitlarda tarbiyalanishlaridan benihoya xursandmiz.

25-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining 3 milliard 200 million soʻm mablagʻ evaziga qurilgan yangi binosida 125 nafar bolajonning boshlangʻich bilim va zarur koʻnikmalarga ega boʻlishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Bu yerda rus, ingliz tillari, shaxmat, shashka, rasm chizish, badiiy gimnastika toʻgaraklari faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan.

Viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi matbuot xizmatidan xabar qilishlaricha, Qorakoʻl tumanida 3 – 7 yoshli bolajonlar soni 13 ming 200 nafardan ziyod.Ayni paytda ularning 6 ming 314 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlariga jalb qilingan.

Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?