Muddati oʻtgan va qoʻllashga yaroqsiz dori vositalari qanday tartibda yoʻq qilinadi?

16:26 08 Aprel 2022 Jamiyat
1687 0

Foto: «Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi

Dorixonalarda muddati oʻtgan va qoʻllashga yaroqsiz dori vositalari qanday tartibda yoʻq qilinadi, degan savolga soha mutaxassislari javob qaytardi.

Unda taʼkidlanishicha, qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida” hamda “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.

Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida” hamda “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.

Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish uchun ularning egasining, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi xizmati boʻlimi vakillari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi vakillari ishtirokida besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda yoʻq qilish komissiyasi tuziladi.

Komissiya dori vositalari va tibbiy buyumlarning atrof muhit uchun bezararligi, ularning fizik-kimyoviy mutanosibligini eʼtiborga olgan holda ularni yoʻq qilish sanasi, usuli va joyini belgilaydi.

Yoʻq qilish jarayoni foto yoki videosuratga olinadi. Yoʻq qilish dori vositalari va tibbiy buyumlarning egasi yoki uning vakili ishtirokida Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Yoʻq qilish jarayonidan soʻng dalolatnoma tuziladi, u Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi, qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarning egasi hisoblangan tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.

Shundan soʻng, tuzilgan dalolatnoma nusxalari dori vositalari va tibbiy buyumlar egasiga, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha hududiy organlariga, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi xizmati boʻlimiga, shuningdek Bosh boshqarma vakiliga, buyruq va Komissiya qarori nusxalari hamda foto yoki videomateriallar bilan birgalikda taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?