Dori vositalarini oʻzlashtirgan dorixona mudiri aniqlandi

16:02 21 Sentyabr 2022 Jamiyat
250 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.Ph.” MCHJning dorixona mudiri B.D. oʻzining moddiy javobgarligidagi 356,6 mln soʻmlik dori-darmon vositalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер