Dorixonalar arzon dorini qimmatga sotsa isteʼmolchilarga puli qaytariladi
Illyustrativ foto
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida alohida modul ishlab chiqildi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va farmatsevtika sohasida qonunchilik meʼyorlarining isteʼmolchi foydasiga ishlashini interaktiv usullarda nazorat qilishdan iborat.
Ushbu yangi tizim boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish onlayn tarzda tezkor amalga oshiriladi hamda korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan holatlar oldi olinadi. Shuningdek, sohada yangi yoʻnalish sifatida isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni qoplashning taʼsirchan mexanizmi joriy etiladi.
Buning huquqiy asosi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktyabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq belgilangan.
Yangi tartibga koʻra, 2023-yil 1-maydan isteʼmolchilar tomonidan dorixonalarda xarid qilingan dori vositalari va tibbiy buyum xarid cheklarning QR-kodi “Soliq” mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilganda belgilangan ustamalardan ortiqcha mablagʻ olinganligi aniqlansa, avtomatik ravishda Raqobat qoʻmitasiga xabar yuborilib, ortiqcha olingan mablagʻni isteʼmolchiga qaytarish tizimi ishga tushirilmoqda. Hozirda tarmoq Soliq qoʻmitasi hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining elektron tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilingan va hamkorlikdagi oʻzaro maʼlumotlar almashinuvi boʻyicha ishlaydi. Sifatli monitoring tizimini samarali ishlashi hamda texnik jihatdan ishlarni tezkor va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Raqobat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari planshetlar bilan taʼminlandi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 30-oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼiy nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qoʻllash tartibi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring