Donald Trampning yangi matbuot kotibi kim boʻlishi maʼlum boʻldi

01:36 08 Aprel 2020 Dunyo
569 0

Arxiv surat

Kayle Makkinani AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp matbuot kotibiga aylandi. Bu haqda seshanba kuni The New York Times oʻz manbalariga tayanib xabar berdi. Nashrga koʻra, AQSH Prezidentining matbuot xizmatidagi oʻzgarishlarning tashabbuskori Oq uy xodimlarining yangi rahbari Mark Medouz boʻlgan.

Aynan u Makinanini televidiniye orqali Amerika rahbari pozitsiyasini himoya qilishini moʻljallamoqda. Bundan tashqari, AQSH Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Alissa Farax ham Oq uy matbuot xizmatiga ish boshlaydi. Ammo u qaysi qaysi vazifani egallashi koʻrsatilmagan. Oldinroq CNN Makinani yoki Farax Oq uy matbuot kotibi Stefani Grisham oʻrnini egallashi haqida xabar bergan edi.

AQSH yetakchisining sobiq matbuot kotibi Stefani Grisham esa Melaniya Tramp ofisiga oʻtmoqda, u bir vaqtning oʻzida birinchi xonim apparat rahbari va matbuot kotibi vazifasini bajaradi. Grisham 2019-yil iyun oyidan beri Trampning matbuot kotibi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Nashrda kadrlar oʻzgarishi sabablari ochiqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?