Donald Tramp uch yil ichida AQSH yoʻq boʻlib ketishini bashorat qildi

00:29 17 Sentyabr 2021 Dunyo
921 0

Foto: Reuters

AQSHda 2022-yilda Vakillar palatasi uchun va 2024-yilda Prezidentlik saylovi oʻtkazilganidan soʻng mamlakat oʻz faoliyatini toʻxtatadi. 

Xuddi shu fikrlarni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp “Newsmax” telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Sizni ishontirib aytamanki, uch yildan keyin bizda davlat boʻlmaydi”, deydi Tramp. 

Uning aytishicha, Jo Bayden Prezidentlik lavozimiga kirishganidan beri AQSHning mavqeyi tushgandan tushib ketmoqda va bunday holat hech qachon kuzatilmagan.

Oldinroq, AQSHlik jurnalistlar Bob Vudvord va Robert Kosta Donald Tramp Prezidentlik davrining soʻnggi kunlari haqida “Xavf” nomli kitobni nashrga tayyorlayotgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.

  • Kitobda Oq uyning sobiq rahbari Xitoyga yadroviy zarba berishi mumkinligi haqida yozilgan boʻlib, Trampni bu fikrdan uning bosh harbiy maslahatchisi, general Mark Milli qaytargan. 

Trampning ushbu kitobga munosabat bildirib, hech qachon Xitoyga hujum qilish niyati boʻlmaganini aytgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?