Donald Tramp qayta saylansa Rossiya va Xitoyni ajratishga vaʼda berdi

12:26 01 Noyabr 2024 Dunyo
177 0

Foto: AP

Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp boʻlajak saylovlarda gʻalaba qozonsa, Rossiya va Xitoyni “ajratish”ga vaʼda berdi. Bu haqda u jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Bayden ularni [Rossiya va Xitoyni] birlashtirdi. Bu uyat”, — dedi AQSHning sobiq rahbari.

Siyosatchi Moskva va Pekinni ajratishga toʻgʻri kelishini aytdi va muvaffaqiyatga erishishiga vaʼda berdi.

Avvalroq, Tramp Rossiya bilan aloqalar boʻyicha oʻziga qoʻyilgan ayblovlarga izoh berib, Rossiyaning “Shimoliy oqim 2” gaz quvurini aynan oʻzi buzib tashlaganini aytgan edi. Trampning soʻzlariga koʻra, ushbu gaz quvurini qurish Moskva uchun muhim vazifa boʻlgan va u 2019-yilda qurilish ishtirokchilariga nisbatan sanksiyalar qoʻygani uchun uni “yoʻq qilgan”.

AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Trampning raqibi AQSH Demokratik partiyasidan nomzod, vitse-prezident Kamala Harris hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер