Don urugʻlari navdorligini baholash yuzasidan doimiy sinovlar oʻtkaziladi
«Oʻzagroinspeksiya» Axborot xizmati
Joriy yilning 22-may kuni «Oʻzagroinspeksiya» huzuridagi «Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi»ning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan urugʻchilik yoʻnalishidagi dala tajriba maydonida boshoqli don ekinlarining navdorligini baholash yuzasidan seminar tashkil etildi.
Markazda bunday sinovlar respublikada davlat ehtiyoji uchun yetishtiriladigan boshoqli don urugʻlari nav namunalarining genetik (nav) sifati (navdorligi)ni baholash boʻyicha doimiy sinovlar oʻtkazilib boriladi.
«Oʻzagroinspeksiya» Axborot xizmati xabariga koʻra, nav nazorati ilmiy-tadqiqot institutlari, urugʻlik yetishtiruvchi xoʻjaliklar va xorijda yetishtirilib (import qilingan) mamlakat hududida ekish uchun tavsiya etilgan, Davlat reyestriga kiritilgan qishloq xoʻjalik ekinlari va istiqbolli boshoqli don ekinlari navlarining dorilanib tayyorlangan urugʻlik toʻdalaridan tanlab olinib, nav namunalarini ekib oʻrganish yoʻli bilan amalga oshirilmoqda.
Ushbu vazifalar Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi «Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi» davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Navlarning genetik (nav) sifati (navdorligi) koʻrsatkichlarini aniqlash malakali mutaxassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti va Hukumatning tegishli qaror talablari asosida olib boriladi.
Hozirgi kunda, Markazning 5 gektarlik dala tajriba maydonida «Oʻzdonmahsulot» AK tizimidagi don korxonalari, elita urugʻchilik xoʻjaliklari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida ekish uchun tayyorlangan urugʻlik bugʻdoylarning 55 ta navlari boʻyicha 3 ta avlodidan jami 270 ta nav namunalari, yaʼni koʻpaytirish koʻchatzori avlodidan 42 ta, original (superelita) avlodidan 120 ta va elita avlodidan 108 ta nav namunalari ekilib parvarish qilinmoqda.
Bunday nav sinovlarini oʻtkazishdan asosiy maqsad, qonun, hukumat qarorlari va qonunosti normativ hujjatlar ijrosi taʼminlash boʻlsa, ikkinchidan, respublikada davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan urugʻliklarning genetik (nav) sifatini taʼminlash, nav aralashmalari yuqori boʻlgan maydonlaridan urugʻlik don olinishini oldini olish, navdorlikning buzilib ketishi, yaʼni nav aralashishini oldini olish, don sifatini yaxshilab borish hamda urugʻlik don yetishtiruvchi subyektlarga navdorlik sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan urugʻliklar yetkazib berishdan iboratdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Prezident yangi qaror imzoladi
- Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
- Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring