DXM va FHDYOning “Korrupsiya qutisi” haqida bilasizmi?

Foto: Халқ сўзи
Siz Davlat xizmatlari markazlari va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralarida korrupsiya holatiga duch kelsangiz, 1148 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin. Bundan tashqari Sirdaryo viloyatida korrupsion holatlar boʻyicha yozma murojaatlar uchun “Korrupsiya qutisi” ham joriy qilindi.
— “Korrupsiya qutisi” har bir tuman va shahardagi Davlat xizmatlari markazlari va Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish idorasida mavjud boʻlib, ular qulay joyga oʻrnatilgan, — deydi Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boʻlim bosh maslahatchisi Anvar Rhxmatilloyev . — Quti har oyda kamida bir marta markaz va FHDYO organlariga borilgan vaqtda hududiy boshqarma boshligʻi tomonidan ochib koʻriladi. Yaʼni qutini ochib, undagi murojaatlar bilan dastlabki tanishish vakolati faqat boshqarmamiz rahbariga tegishli.
Eʼtiborlisi, qutidagi barcha ariza, taklif va shikoyatlar hududiy boshqarmaning devonxonasi orqali kirim qilinadi va bu ish ham boshqarma boshligʻi nazoratida bajariladi. Davlat xizmatlari boʻyicha kelib tushgan takliflar hududiy boshqarmaning tegishli boʻlimlari tomonidan oʻrganiladi. Bundan koʻzlangan maqsad aniq – davlat xizmatlarini koʻrsatishda samaradorlikka erishish, DXM va FHDYO organlari xodimlarining xatti-harakatlariga xolisona baholab borish hamda fuqarolarga sifatli xizmat koʻrsatishdir.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi.”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring