DXX tomonidan Qashqadaryoda 2 nafar hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

15:54 12 Aprel 2023 Jamiyat
601 0

Foto: Arxiv surat

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Yakkabogʻ tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs oʻzi norasmiy rahbarlik qiluvchi 2 ta MCHJga qurilish materiallari sotib olish boʻyicha bankdan ajratilgan 1,7 mlrd soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlarini boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi holati aniqlandi.

Hozirda mazkur hokim yordamchisi va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddaci (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yana bir holatda esa Shahrisabz tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs mahalliy fuqaro foydalanib kelayotgan 5 gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqib ketganligidan xabardor boʻlib, unga ushbu yer maydonining 50 sotixini qoldirib berish evaziga 500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 (firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?