DXX xodimlari yordamga muhtoj oilalarga koʻmak koʻrsatdi

Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan hozirgi sinovli kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati mamlakatimiz aholisi tomonidan katta xayrixohlik bilan qarshi olindi.
Oʻz navbatida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ham ushbu xayrli ishga oʻzlarining munosib hissasini qoʻshdi.
Jumladan, DXX idoralarida faoliyat olib borgan 53 nafar boquvchisini yoʻqotgan yoki yolgʻiz yashayotgan faxriylarga, nogiron va halok boʻlgan harbiy xizmatchilarining yaqinlariga, shuningdek, respublikamiz boʻylab 913 ta yordamga muhtoj oilalarga jami 329 million soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi.
Odatda mamlakat boyligi uning iqtisodiy qudrati bilan baholanadi. Biroq millatning asl xazinasi, eng avvalo, uning hamjihat va ahil xalqi ekanligi, hech qanday boylik birdamlikning oʻrnini bosa olmasligiga bugun barchamiz guvoh boʻlib turibmiz. Zero, bu hayotning sinovlardan oʻtgan haqiqatidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring