DXA Navoiy viloyati boshqarmasi 2020-yilda 842ta qonun buzilishi holatlarini aniqladi

Navoiy viloyati boʻyicha jami 15 ta tashkilotda oʻrganish oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 842 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda DXA Navoiy viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi Adxam Yarkulov “Xalq soʻzi” muxbiriga maʼlum qildi.
«2020-yil davomida viloyat boʻyicha jami 15 ta tashkilotda oʻrganish oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 842 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan vakolatli idoralarga 44 ta taqdimnoma, 189 ta ogohnoma kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalar taʼsir chorasi natijasida vakolatli idoralarning 48 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi, 6 nafari bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Shuningdek, boshqarma tomonidan 100 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, maʼmuriy javobgarlikka tortildi», deydi Yarkulov.
Qonun buzilish holatlarida “Hududgaztaʼminot” AJ “peshqadam”. Bu korxona aholiga davlat xizmatini koʻrsatishda 200 ta murojaat muddatini buzgan. Keyingi oʻrinni esa 144 ta fuqaroning haq-huquqlari, toʻgʻrirogʻi tadbirkorlarning imkoniyatini cheklagan Soliq idorasi egallab turibdi. 111 nafar arizachining davlat xizmat olishdagi huquqlarini mensimagan Sogʻliqni saqlash boshqarmasi mazkur “shohsupa”ning uchinchi pogʻonasini band etgan. Shuningdek, tijorat banklari, kadastr va bandlik idoralari ham oʻz sustkashligi bilan aholini kutishga majbur qilgan.
Aslida davlat xizmatlari tizimi yugur-yugurlarga chek qoʻyish, “qoʻl-qoʻlni tanishi” kabi illatlardan xalos boʻlish, eng muhimi, bir enlik hujjat uchun odamlar oylab sarson boʻlmasligi maqsadida tashkil etilgan. Tasavvur qiling, 842 holatda huquqlari poymol etilgan isteʼmolchi DXA oʻrganishlari oʻtkazilmasa, mazkur idoralar xususida qanday xulosaga kelishardi...
Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring