Diplomatik vakolatxonalar hisobot beradi, mahalliy Kengash deputatlarining daxlsizlik kafolatlari kuchaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar parlamentning nazorat tahlil faoliyatini takomillashtirish, mahalliy Kengash deputatlarining daxlsizlik kafolatlarini taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.
Qayd etilganidek, deputatlarning qonun tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasida belgilanayotgan normalar bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining maʼlumotlari asosida Senat tomonidan mahalliy Kengashlarning Konstitutsiya va qonunlarga, Prezident hujjatlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish mexanizmlari yaratiladi. Shuningdek, Senat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining faoliyatiga doir hisobotlarni bevosita yoki videokonferensaloqa shaklida eshitish amaliyoti joriy etiladi.
Loyiha bilan hududiy manfaatlardan kelib chiqib, Senat tomonidan Davlat byudjetining ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish tartibi oʻrnatiladi. Shu bilan birga, mahalliy Kengashlar deputatini jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida maʼmuriy jazoni qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi prokuror taqdimnomasini faqat tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan koʻrib chiqish tartibi joriy etiladi.
Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari faoliyati samaradorligining oshishiga, Davlat byudjeti mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanishi ustidan taʼsirchan va toʻliq parlament nazoratining amalga oshirilishiga hamda mahalliy Kengash deputatlarining daxlsizlik kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring