Dinozavrlar qirilib ketgani kabi, insoniyat ham albatta yoʻq boʻlib ketishi aytildi

22:18 13 Sentyabr 2022 Dunyo
728 0

Illyustrativ foto

Dinozavrlar qirilib ketgani kabi, insoniyat ham albatta yoʻq boʻlib ketadi. Ushbu fikrlarni Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti boʻlim boshligʻi Igor Mitrofanov Moskvada boʻlib oʻtgan ilmiy seminarda aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu yaqin 100 million yil ichida sodir boʻlishi mumkin. Yerda dinozavrlar qirilishiga sabab boʻlgan kataklizm yuz berishi mumkin.

“Kelajakda yirik asteroidlar bilan shunday toʻqnashuvlar boʻladiki, Yer sayyorasi sivilizatsiyasi omon qolmaydi”, deydi Mitrofanov. Uning qoʻshimcha qilishicha, bunday kataklizmlar sayyorada har 100 million yilda sodir boʻlishi mumkin.

Avvalroq paleontologlar Yevropadagi eng katta dinozavr skeletini topgan edilar. Bu kashfiyotga Portugaliyaning Pombal shahridagi qurilish ishlari vaqtida duch kelingan. Bu yerda boʻyi 12 metr, uzunligi 25 metr teng dinozavr qoldiqlari topilgan. Olimlar ushbu topilma taxminan 100-160 million yil oldin yura davri oxirida yashagan braxiozavrlar oilasiga tegishli ekani maʼlum qilishgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?