Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga yangi rais tayinlandi

14:09 08 Aprel 2021 Jamiyat
438 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi lavozimiga Toshboyev Sodiq Donoqulovich tayinlandi.

Shu vaqtgacha ushbu lavozimda faoliyat koʻrsatib kelgan Axmedov Abdugʻofur Toʻychiboyevich boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan oʻz lavozimidan ozod etildi.

S.Toshboyev tayinlovga qadar Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida samarali faoliyat koʻrsatib kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?