Dilshod Choriyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Joriy yilning 25-mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo boʻyicha «Memorial Xarlampiyev» nomli jahon kubogi bahslari oʻtkazilgan boʻlib, mazkur turnirda oʻzbekistonlik sambochilar ham munosib ishtirok etib, musobaqa yakuniga koʻra, 2 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritishgan edi. Ushbu xalqaro turnirda -98 kg vaznda ikkinchi oʻrinni egallagan Dilshod Choriyevdan (sportcha sambo) olingan doping-sinamada «meldoniy» taqiqlangan moddasi aniqlanganligi sababli tekshiruv boshlangan edi.
FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining 2021-yil 23-iyun kunidagi maʼlumotiga koʻra, sambo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Dilshod Choriyevning doping-sinamasida aniqlangan «meldoniy» taqiqlangan moddasi yuzasidan FIAS Axloq boʻyicha komissiyasi yakuniy qarorni qabul qildi.
Ushbu qarorga koʻra, FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining Antidoping qoidalariga muvofiq, Dilshod Choriyev 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Sportchi 2021-yil 7-maydan boshlab, 2025-yil 6-mayga qadar barcha sport tadbirlarida ishtirok etmaydigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring