Deputatlik korpusi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi

18:46 14 Avgust 2023 Siyosat
623 0

Joriy yilning 12-avgust kuni Buxoro viloyatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirokida xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliyatini yanada yaxshilash, mahalliy Kengash deputatlarining ish samaradorligini oshirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Qonunchilik palatasi tomonidan tuzilgan va Buxoro viloyatiga biriktirilgan Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat Ishchi guruhi aʼzolari, xalq depututlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari rahbarlari, siyosiy partiyalarning viloyat kengashi rahbarlari hamda Buxoro shahri va Gʻijduvon tumani kengashlarining bir qator deputatlari ishtirok etishdi.

Seminar-Kengashda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan Oʻzbekistondagi Konstitutsiyaviy islohotlar, yangilangan Konstitutsiyada vakillik organlarining vakolatlariga oid normalar va ularning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi.

Shuningdek, mamlakatimiz rahbari tomonidan oxirgi vaqtlarda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishiga katta eʼtibor qaratilayotganligi qayd etilib, xususan mahalliy iqtisodiyotga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududlarda energetika, oziq-ovqat xavfsizligi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Ushbu masalalar yuzasidan Fargʻona, Toshkent va Buxoro viloyatlarida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlari va ularda ilgari surilgan masalalar deputatlik korpusi oldiga bir qator vazifalar qoʻydi.

Shu sababli seminar-Kengashda joylarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish masalalari alohida muhokama qilindi.

Xususan, Buxoro shahar va Gʻujduvon tumanlarida oʻrganishlar olib borish, aholini qiynayotgan tizimli muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha masʼul tashkilotlarning hisobotini Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlari sessiyalarida eshitish va mazkur yoʻnalishdagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер