Deputat tashabbusi bilan Oltiariq tumanidagi maktablar elektron doskalari bilan taʼminlandi

19:06 13 Mart 2023 Jamiyat
384 0

Kishi qalbining nuri ilm va maʼrifat bilan baquvvat boʻladi. Insoniyatning qadri ham ilm bilan hosil boʻladi. Ilmni egallab olish esa taʼlimdagi bir sanʼatga qiyoslanadi. Zero, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu – ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.

Joriy yilga yurtimizda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berilishi zamirida ham ulkan maʼno mujassam. Bu kelgusida ham taʼlimga, insonga eʼtibor yanada kuchayadi, degani.

Bugungi kunda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida 47 ta umumtaʼlim maktabi bor. Ushbu taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun zarur sharoitlar yaratish boʻyicha salmoqli ishlar qilinmoqda.

Xususan, yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bahromjon Rahmonaliyev tashabbusi bilan tumandagi bir qator maktablarga interaktiv elektron doskalari keltirildi.

Tuman hokimi Sh.Turdaliyev, deputat B.Raxmonaliyev va masʼullar ishtirokida 35 ta umumtaʼlim maktablariga ana shunday zamonaviy oʻquv jihozlari topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda soʻz olgan quyi palata deputati B.Rahmonaliyev har qanday maqsad va islohotlar natijadorligiga ilm-fan bilan yetib borilishi, ushbu yoʻnalishda mamlakatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?