Deputat tashabbusi bilan 2 ta maktab kapital taʼmirdan chiqarildi

Samarqand viloyati Narpay tumanida toʻliq qaytadan rekonstruksiya qilingan 30 va 43-umumiy oʻrta-taʼlim maktablarining ochilish marosimlari oʻtkazildi. Tadbirlarda tuman hokimligi, xalq taʼlimi boʻlimi mutasaddilari, oʻqituvchilar, ota-onalar vakillari ishtirok etdi.
Mazkur maktablarning zamonaviy koʻrinishga ega boʻlishida hududdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Sherbek Boʻronov jonbozlik koʻrsatdi, deputatligining ilk kunlaridan mutasaddi tashkilotlarga murojaat qildi.
Joriy yil 4-aprel kuni hukumatning rayosat majlisida Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2020-yilda qoʻshimcha ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini shakllantirish va amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilgan, deputat soʻrovi bilan Narpay tumanidagi ikkita maktab ham manzilli roʻyxatga kiritilgan edi.
Taʼmir ishlari uchun davlat byudjetidan 4 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilib, shu vaqtga qadar ikkita maktabda ham keng koʻlamli taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
“Doʻstlik” MFY Xoʻjalar qishlogʻidagi 43 maktab 1982-yilda, “Ipak yoʻli” MFY Qorasiyroq qishlogʻidagi 30-maktab 1992-yilda qurilganiga qaramay, oʻtgan yillar davomida taʼmirlanmagan edi. Hozirda biri 600, keyingisi 320 nafar oʻquvchiga moʻljallangan maktablar binolari butunlay yangi qiyofaga kirdi.
Deputat Sherbek Boʻronov mutasaddi-masʼullar, mahalliy Kengash deputatlari bilan birga taʼmirlash ishlarining vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam kuzatib bordi. Taʼmir jarayonida yuzaga kelgan masalalar qisqa fursatda tuman hokimligi bilan birga hal etildi.
Maktablarning ochilish marosimida oʻqituvchilar, ota-onalar vakillari oʻquvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitdan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Qishloq nuroniylari esa deputatga oʻz minnatdorchiligini bildirib, kelgusi ishlariga omad tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring