Deputat SSVdan bir guruh onkologiya xodimlarining Prezidentga murojaati yuzasidan xizmat tekshiruvi natijalarini xalq vakillariga maʼlum qilishni soʻradi

18:55 24 Fevral 2021 Jamiyat
657 0

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filialining bir guruh xodimlari muassasada yuz berayotgan salbiy holatlarga qonuniy baho berishni soʻrab Prezidentga murojaat yoʻllagani va mazkur holat Bosh prokuratura nazoratiga olingani haqida xabar bergan edik.

2021-yil 22-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi parlament eshituvida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Jahongir Shirinov sogʻliqni saqlash vaziridan ushbu masala yuzasidan oʻtkaziladigan xizmat tekshiruvi natijalarini xalq vakillariga maʼlum qilishni soʻragan.

J.Shirinov mazkur masalaga, albatta, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi oʻz munosabatini bildirishini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?