Deputat Parlamentlararo ittifoqning Demokratiya va inson huquqlari boʻyicha doimiy qoʻmitasi aʼzoligiga saylandi

Joriy yilning 24-28-may kunlari Parlamentlararo ittifoqning 142-Assambleyasi onlayn shaklda boʻlib oʻtdi.
Assambleya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining PIdagi doimiy delegatsiyasi hamda Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A.Saidov PI Vitse-prezidenti sifatida ishtirok etdi.
Mazkur yigʻilishda PI ga aʼzo mamlakatlar parlamentlarining va xalqaro tashkilotlarning 700 dan ortiq vakillari ishtirok etishdi. Taʼkidlash joiz, Assambleya ishining mavzusi “Pandemiyani bugungi kunda yengib oʻtish va ertangi kunni yaxshiroq qurish: parlamentlarning oʻrni” mavzusiga bagʻishlandi.
Videokonferensiya davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, pandemiya oqibatida kelib chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish yoʻllari va dunyo mamlakatlari parlamentlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, har bir mamlakatning ushbu yoʻnalishdagi tajribasi va yutuqlari hamda vaksinadan barcha teng ravishda foydalana olish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Assambleya doirasida PI ishchi organlarining boʻshab qolgan joylariga ham saylovlar boʻlib oʻtdi. Ushbu saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Nodir Tilavoldiyev Parlamentlararo ittifoqning Demokratiya va inson huquqlari boʻyicha doimiy qoʻmitasi aʼzoligiga saylandi.
Parlamentlararo ittifoqning 142- Assambleyasi oʻz ishini yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring