Deputat koʻmagi bilan 40 nafar fuqaro ishli boʻldi

14:06 01 Iyun 2022 Jamiyat
418 0

Foto: «Халқ сўзи»

Fuqarolarning murojaatini kutib oʻtirmay, hududlarda boʻlib, saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularni qiynayotgan yoxud tashvishlantirayotgan muammolarga yechim izlashda faollik koʻrsatayotgan deputatlarning safi kengayib borayotgani eʼtirofga loyiq, albatta. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Adhamjonova Andijon tumanidagi “Navroʻz” MFYda boʻlib, aholi turmush tarzi, quvonch va tashvishlari bilan tanishdi.

Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, mazkur mahallada ishsizlik eng dolzarb muammoga aylangan. Koʻplab oilalarda boquvchining muqim va daromadli ish oʻrniga ega emasligi moddiy va maishiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgani rost.

Shu bilan birga bu yerda aynan mebelsozlik bilan shugʻullanuvchi oʻnlab tadbirkorlar yashaydi. Deputat ana shu tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ishlab chiqarish hajmini oshirishda mahalladoshlarni ishga jalb qilish eng maqbul yechim ekanini taʼkidladi.

— Biz, deputatlar bevosita xalq ichiga kirib borishimiz, ular bilan yelkama-yelka turib ishlashimiz, yashashimiz kerak, — deydi Mavluda Adhamjonova. — Shundagina ularning ishonchini oqlay olamiz.

Darvoqe, shu kuni 40 nafar ishsiz doimiy ish joyiga ega boʻldi. Demak, 40 oilaning roʻzgʻoriga qut-baraka kiradigan boʻldi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?