Denovdagi savdo markazi portlashi oqibatida yetkazilgan zarar miqdori aytildi

Joriy yilning 8-yanvar kuni AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat yongʻin nazorati bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Oʻlmas Muzaffarov Surxondaryo viloyati Denov shahridagi savdo markazida sodir boʻlgan portlash oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 22,6 mlrd. soʻmni tashkil etganini maʼlum qildi.
Zarar mustaqil baholovchi tashkilot va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hisoblab chiqilgan. Jami 226 ta koʻchmas mulk obyekti, jumladan, 140 ta turar-joy binolari: 76 ta hovli va 64 ta xonadon, 5 ta koʻp qavatli uy, 86 ta noturarjoy binolari shikastlangan. Majmuaga yetkazilgan zarar umumiy summadan 14,4 milliard soʻmni tashkil etadi. Yetkazilgan zararni qoplash Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan.
Voqealarning sabablarini aniqlash va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan hukumat komissiyasi tuzildi.
13 uyning egalari boshqa joylarga koʻchirilib, ularga yangi uy-joy qurish uchun pudratchilar jalb etilib, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. 69 ta turar-joy binolarini, jumladan, 5 ta koʻp qavatli uydagi 64 ta xonadondagi 64 ta turar-joy binolarini taʼmirlashda pudrat tashkilotlari jalb etilgan. Tadbirkorlar tomonidan 60 ta noturar joy taʼmirlanib, qurilmoqda, – dedi Oʻlmas Muzaffarov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralar mavjud — Markaziy bank
- Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring