Denovda 384 ta oila yangi uyli boʻldi

Foto: Халқ сўзи
Prezidentimizning 2020-yil 9-apreldagi “2020-2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan ushbu hudud zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi turmush farovonligini taʼminlashga xizmat qiluvchi koʻplab yangi inshootlar foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, tumanning “Lochin” mahallasida 4 ta 16 qavatli uylarning bunyod etilishi natijasida biryoʻla 384 ta oila yangi turar joyga ega boʻldi.
Yangi xonadonlarni oʻz egalariga topshirishga bagʻishlangan taqdimot marosimida taʼkidlanganidek, endilikda markazdan olis hududlarda ham tajribali qurilish kompaniyalari tomonidan yengil konstruksiyali koʻp qavatli uylar barpo etilmoqda. Zamonaviy meʼmorchilik talablari asosida bunyod etilayotgan bunday massivlarda aholiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan savdo va maishiy shoxobchalar, bogʻcha, maktab, oilaviy poliklinika singari ijtimoiy soha inshootlari ham qad rostlayapti.
— Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan aholining uy-joyga boʻlgan talabini qondirishga doir keng koʻlamli ishlar biz kabi ehtiyojmand oilalar uchun hamma qulayliklarga ega xonadonda baxtli, farovon yashash imkonini bermoqda. Turmush qurganimga oʻn yil toʻlgan boʻlsa, bir hovlida toʻrt aka-uka va ovsinlar birga yashab keldik. Endilikda bizning ham alohida uyimiz borligidan juda ham xursandman. Har bir ayol uchun oʻz uyi, tinch roʻzgʻori boʻlishi bu - baxt! — deydi yangi xonadon egalaridan biri Dilnoza Berdiyeva.
Aytish joizki, davlatimiz rahbarining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida 2 ming 400 ta yangi uy-joy qurilishi belgilangan.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring