Denov tumani hokimi vazifasidan ozod etildi

19:56 05 Noyabr 2020 Jamiyat
1063 0

Bugun, 5-noyabr kuni Xalq deputatlari Denov tuman kengashining sessiyasi boʻlib oʻtdi. Ushbu sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqiladi. Unda 2018-yil 11-noyabrdan buyon Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyop Ibotov vazifasidan ozod etilgan.

Denov tumani hokimi lavozimiga Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Pardayev tasdiqlangan.

Maʼlumot oʻrnida, Rustam Pardayev 1979-yil Qiziriq tumanida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?