Dehqonobodda 48 nafar harbiy xizmatchiga yangi uylarning kalitlari topshirildi

“Xalq soʻzi ONLINE”. Ahad Muhammadiyev/Qashqadaryo. 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Dehqonobod tumanida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda harbiy shaharcha va harbiy xizmatchilar uchun 48 xonadonli yangi uy foydalanishga topshirildi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda ishtirok etgan DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi vakillari, viloyat va tuman hokimligi masʼullari yigʻilganlarni bayram bilan muborakbod etib, harbiy xizmatchilarga yangi xonadon kalitlari topshirildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, ushbu harbiy qismda askarlarning muntazam sport bilan shugʻullanishlari uchun zamonaviy sport zal, 23 oʻrinli xizmat yotoqxonasi, harbiy texnikalar uchun avtosaroy, kutubxona, futbol maydoni, tennis korti va zamonaviy oshxona barpo etilgan boʻlib, harbiy xizmatchilarning doimiy jangovor holatini taʼminlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Tadbirda shaharcha harbiylar kutubxonasiga Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov 500 dona kitob sovgʻa qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring