Dehqon xoʻjaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha 1 kub metri uchun 40 soʻm yagona soliq stavkasi belgilanmoqda

16:37 26 Noyabr 2020 Jamiyat
271 0

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Soliq siyosatining 2021-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini eʼlon qildi.

Unga koʻra, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq stavkalari 15 % ga, ushbu stavkalarni sanoat korxonalari uchun belgilangan yagona soliq stavkasiga bosqichma-bosqich yetkazish maqsadida, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun 30 foizga indeksatsiya qilinmoqda. Kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari uchun suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yil darajasida saqlab qolinmoqda, qishloq xoʻjalik yerlarini sugʻorish uchun ishlatiladigan suv hajmi va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish), shu jumladan dehqon xoʻjaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha esa 1 kub metri uchun 40 soʻm yagona soliq stavkasi belgilanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?