Dehqon bozori nazoratchisidan 1 000 AQSH dollari talab qilgan tovlamachi ushlandi

17:10 14 May 2020 Jamiyat
756 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Bekobod shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi

Unda “Bekobod dehqon bozori” bosh nazoratchisi K.T.ga oʻzini bloger deb tanishtirgan fuqaro Sh.A. undan 1 000 AQSH dollari talab qilib, aks holda pandemiya sharoitida ommaviy axborot vositalari xodimlariga bozorda antisanitariya holatlari mavjudligi haqida tanqidiy videotasvirlar oldirib, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qoʻrqitib, talab qilgan 1 000 AQSH dollaridan 700 AQSH dollarini tovlamachilik yoʻli bilan olgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmat rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Shuningdek, fuqaro Sh.A. dehqon bozorining filialida Davlat dasturi asosida qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotganligidan xabar topib, ushbu taʼmirlash ishlaridagi kamchiliklarni ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy tarzda koʻrsatmaslik hamda ushbu obyektda qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borayotgan firmaga hech kim tazyiq oʻtkazmasligi evaziga 300 AQSH dollari talab qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqaro Sh.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?